Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.Bobojonov zimmasiga yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 2 noyabrdagi 278-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991 y., 11-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizomning 2-bo‘lim 5-bandidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga kadar tekshiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 16 martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risida nizomning 4-bandi o‘ttiz to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yadi, sudlar, adliya organlari va muassasalari, prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, ta'lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan hujjatlardan tashqari”.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida nizomda:
8- bandning o‘n uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi ‘'tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirildi;
9- bandning uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 martdagi 119-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “qayd etish” so‘zlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar,” so‘zlari qo‘shildi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentabrdagi 416-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida nizomning 24-bandi beshinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
8-bandning birinchi xatboshisidagi “Soliq, bojxona organlari hamda” so‘zlari “Tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari bilan almashtirildi;
25-bandning oltinchi xatboshisidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qo‘yilgan va” so‘zlari “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qo‘yilgan va tergovga qadar tekshiruv,” so‘zlari bilan almashtirildi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 1 oktabrdagi 265-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 9-10-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi uchinchi xatboshisidagi “hisobga kiritilgan” so‘zlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari qo‘shildi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi 13-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi haqida nizomning 14-bandi uchinchi xatboshisidagi “tekshiruv (surishtiruv) harakatini olib borayotgan mansabdor shaxslarga” so‘zlari “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslariga” so‘zlari bilan almashtirildi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 yanvardagi 5-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2. Ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori asosida, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari (shu jumladan tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarga doir sud ajrimi bo‘yicha o‘tkaziladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 307-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 11-son, 90-modda) 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga;”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 oktabrdagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2013 y., 10-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
12. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 iyuldagi 199-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi beshinchi xatboshisidagi “aniqlangan taqdirda” so‘zlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruv hamda” so‘zlari qo‘shildi.
13. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 iyuldagi 452-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 27-son, 617-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok bo‘lgan xodimlarning oila a'zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risida nizomning 15-bandidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
14. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 avgustdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “b” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 28 avgustdagi 677-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 35-son, 929-modda):
a) 1-ilovada:
8- bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “surishtiruvlar o‘tkazish” so‘zlari “tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish” so‘zlari bilan almashtirildi;
9- bandda:
“g” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisidagi “surishtirish” so‘zi “surishtiruv” so‘zi bilan almashtirildi;
“j” kichik bandda:
birinchi xatboshisidagi “surishtiruvlar o‘tkazish” so‘zlari “tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish” so‘zlari bilan almashtirildi;
oltinchi xatboshidagi “tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo‘zg‘aydi, ular bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshiradi” so‘zlari “tergovga kadar tekshiruvlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo‘zg‘aydi” so‘zlari bilan almashtirildi;
10-bandning “19” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“19) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya-iqtisodiy va soliq sohalaridagi buzilishlar sodir etilganligi faktlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish, ular bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘ash, keyinchalik ishlarni tergovga tegishliligiga qarab qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish”;
b) 2-ilovaning 31-bandidagi “bosh surishtiruvchi”, “katta surishtiruvchi”, “bosh surishtiruvchilar”, “katta surishtiruvchilar” va “surishtiruvchilar” so‘zlari chiqarib tashlandi.
16. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 10-bandidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024