Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xalq qabulxonalari endi tezkor davlat xizmatlari agentligi deb yuritiladi» - Prezident
7 dekabr kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida xalqning e'tibori va e'tirofini qozongan Xalq qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat tushganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi «Xalq so‘zi» gazetasi.
«Xalq qabulxonasi Prezidentga bo‘ysunadi. Bu esa davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yo‘naltiramiz. Xalq qabulxonalari endi tezkor davlat xizmatlari agentligi deb yuritiladi», deydi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni binoan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni sifat jihatidan tubdan yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoyalashga xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
21:39 / 01.04.2026
Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025