Leonardo da Vinchining eng qimmat kartinasi Abu-Dabining Luvridan joy oladi

Foto: CHRISTIE'S
Leonardo da Vinchining o‘tgan oy kimoshdi savdosida rekord darajadagi 450 million dollarga xarid qilingan "Dunyo qutqaruvchisi" kartinasi Abu-Dabidagi Luvrda namoyish etiladi.
"Da Vinchining "Dunyo qutqaruvchisi" Abu-Dabidagi Luvrga yo‘l olmoqda", - deya arab, ingliz va fransuz tillarida ma'lum qilindi muzeyning Tvitterdagi sahifasida.
Kartina xaridiga oid sir maxfiyligicha qoldi. Nyu-Yorkdagi Christie's savdolarida Leonardoning san'at asarini kim sotib olgani hali-hanuz noma'lum. Kartinaga avval rossiyalik ishbilarmon Dmitriy Ribolovlevning oilasi egalik qilgan.
Xaridor kimoshdi savdosida telefon orqali qatnashgan va anonimlikni saqlab qolishni ma'qul topgan. Savdolar 20 daqiqa davom etgan, boshlang‘ich stavka esa 100 million dollar bo‘lgan.
New York Times versiyasiga ko‘ra, Da Vinchining shedevri uchun rekord summa saudiyalik shahzoda Badir bin Abdulla bin Muhammad bin Farxan ol-Saud tomonidan to‘langan. Gazetada yozilishicha, u valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning do‘sti va biznes-hamkori.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra esa, Fransiyaning Journal du Dimanche nashri ikki investfirma bir necha yirik muzeylar bilan shartnoma imzolab, kartinani xarid qilganini ma'lum qilgan. Endi esa Leonardoning san'at asarini ijaraga berishadi yoki Yaqin Sharq yo Osiyodagi muzeylardan biriga sotishadi, deyiladi manbada.
Da Vinchi 1519 yilda hayotdan ko‘z yumgan, undan keyin qolgan san'at asarlari soni 20dan kam. Ulardan faqat birgina "Dunyo qutqaruvchisi" xususiy kolleksiyalarida bo‘lgan. Kartina 1505 yildan keyin yaratilgan, deya taxmin qilinadi.
Ba'zi ekspertlar kartina muallifligiga hanuz shubha bilan qarashadi. Christie's esa kartina asl ekani "XX asrning eng buyuk badiiy kashfiyoti" ekanini ta'kidlaydi.
Abu-Dabidagi Luvr muzeyi noyabr oyining boshida ochilgan, muzeyning fransuz me'mori Jan Nuvel loyihasi ostidagi qurilishi 1,3 milliard dollarga tushdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Mavzuga oid

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?

11:05 / 10.05.2025