17:15 / 07.12.2017
15321

Mudofaa vaziri harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirdi

Foto: Mudofaa vazirligi

Mamlakati erishgan yutuq va marralari, ulkan sur'atlar bilan barcha jabhalarda o‘sishi Konstitutsiyaning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, undagi prinsiplar, qoida va normalarning naqadar chuqur o‘ylangani, mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi. 

Asosiy Qonunga binoan olib borilgan izchil islohotlar natijasida Qurolli Kuchlar tarixiy va milliy an'analarni saqlagan holda, harbiy qurilish va harbiy san'at sohasida dunyodagi eng ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirib, chegaralar xavfsizligi va xalqimiz tinchligini ta'minlashning ishonchli kafolatiga aylandi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Rahmonov va taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov asosiy Qonunning hayotda, ayniqsa milliy armiyani shakllantirishda tutgan muhim o‘rni xususida alohida to‘xtalib, harbiy xizmatchilarni Vatan himoyasini yanada ishonchli kafolatlash, mudofaa qobiliyatni mustahkamlashga qaratilgan ezgu sa'y-harakatlarni qat'iyat bilan davom ettirish, bugungi tahlikali vaziyatda bebaho boylik bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlash bo‘yicha xizmatlarida ulkan omadlar tilashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida prezident farmoniga muvofiq Vatanning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlangan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga davlat mukofotlari hamda “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari Mudofaa vaziri tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda respublikaning taniqli san'atkorlari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar bilan bayram tantanasi davom etdi. 

Top