Jamiyat | 20:03 / 08.12.2017
11000
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryodagi “Muruvvat” nogiron ayollar uchun internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Turkiya Ishbilarmonlari Uyushmasi - “UTID” bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida joylashgan Yangiyer “Muruvvat” nogiron ayollar uchun internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tadbir doirasida internat uyidagi 150 nafar davolanuvchi bemor ayolga hamda muruvvat uyi xodimlariga maxsus sovg‘alar tarqatildi.

Tadbir davomida yig‘ilganlarga bayram dasturxoni yozildi, shuningdek, taniqli xonandalarning kuy-qo‘shiqlari taqdim etildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Xuddi shunday xayriya tadbiri Adliya vazirligi tomonidan “3 dekabr - Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida” ham o‘tkazilgan edi. Mazkur tadbir doirasida bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda bolalar uyi xodimlariga maxsus sovg‘alar tarqatildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid