Jamiyat | 20:41 / 08.12.2017
19918
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xiyoboni va maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 8 dekabr sanasi Andijon shahrida el suygan shoir Muhammad Yusuf xiyoboni va uning nomi bilan ataluvchi ona tili va adabiyot faniga ixtisoslashgan maktab-internatning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Erta tong shahar ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib, bunyod etilgan xiyobonga jamoatchilik vakillari, shoir va adiblar, faol yoshlar, shoirning yaqinlari yig‘ildi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, shoirning turmush o‘rtog‘i Nazira as-Salom, taniqli shoir va yozuvchilar - shoir qoldirgan ulkan adabiy meros va uning hayot yo‘li haqida so‘zladilar. Xiyobon to‘ridagi shoirning byusti ochildi. Yig‘ilganlar monument ostiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng Muhammad Yusuf maktabining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. Mehmonlar shoirning ta'lim dargohida tashkil etilgan muzeyi bilan tanishdilar. Mazkur muzeyda uning shaxsi va adabiy merosiga doir juda ko‘p materiallar to‘plangan. Jumladan, muzeyda uning shaxsiy buyumlari, maktub va yozishmalari, maktab davridagi jurnallar, qo‘lyozmalari mavjud. Dars jarayoni bilan tanishish davomida, o‘quvchilar shoir ijodiga oid asarlarni qay darajada o‘zlashtirganini namoyon qildilar. Uchrashuvlar mushoiralarga aylanib ketdi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

            

Mavzuga oid

E`lonlar