Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi uchun qarzdorlikni bartaraf qilishni va'da berib, fuqarodan 5 mln so‘mdan ortiq pullarni qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi
Buxoroda elektr energiyasi uchun qarzdorlikni bartaraf qilishni va'da berib fuqarodan 5 million so‘mdan ortiq pullarni qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga viloyat IIB.
Qorako‘l tumani, Jig‘achi MFY, Jig‘achi qishlog‘ida yashovchi, Qorako‘l tuman elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor lavozimida ishlagan H.R. 1988 yilda tug‘ilgan, Qorako‘l tumani, Arna MFY Mirpo‘lot qishlog‘ida yashovchi S.S.ga tegishli bo‘lgan un tegirmonini ishlashi davomida sarflangan elektr energiyasi to‘lovlari uchun tegishli bank muassasasiga topshirish maqsadida, S.S.dan 5.080.000 so‘m naqd pul mablag‘larini olib, olingan pul mablag‘laridan 4.687.000 so‘mini banka topshirmasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, o‘zganing 4.687.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib, rasmiy hujjat hisoblangan to‘lov kvitansiyalarini qalbakilashtirib tayyorlab, S.S.ga taqdim qilgan hamda fuqaro S. tomonidan sarflangan elektr energiya miqdorini dasturda kamaytirib ko‘rsatib kelganligi qayd qilingan.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismiga asosan sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026