Qozog‘istondan qochib ketgan amaldorlar va oligarxlar qayerda yashirinmoqda?

Foto: Tengrinews
Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi iqtisodiy surishtiruvlar xizmati xodimlari Qozog‘istonning xorijda tergovdan yashirinib yurgan 22 fuqarosini topishdi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.
"2017 yilda Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi iqtisodiy surishtiruvlar xizmati MDH va xorijiy davlatlar hududlarida – Rossiya, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Ukraina, Mo‘g‘uliston, BAA hamda AQShda iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan jinoiy huquqbuzarliklarni amalga oshirgani uchun tergovdan yashirinib yurgan, qidiruvdagi 22 shaxsni aniqladi", - deyiladi xabarda.
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi tomonidan bugungi kunda ko‘rsatilgan shaxslarni Qozog‘istonga, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstraditsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
"Ushbu shaxslarning sodir etgan jinoyatlari orasida asosiy ulushni yolg‘on tadbirkorlik, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, firibgarlik, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki talon-toroj etish, iqtisodiy kontrabanda, noqonuniy tadbirkorlik va bank faoliyati egallaydi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:55 / 02.06.2025
Yil boshidan beri rossiyalik oligarxlarning boyligi 22 milliard dollardan oshdi

00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025