Jahon | 19:43 / 10.12.2017
46267
3 daqiqa o‘qiladi

Aeroporti yo‘q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?

Boshqa mamlakatga sayohat haqida gap ketganda avtomatik ravishda samolyot chiptasini izlay boshlaymiz, biroq shunday mamlakatlar ham borki, ularga havo yo‘li orqali borishning imkoni yo‘q.

 

Masalan, Vatikan — bu Rim markazida joylashgan atigi 44 gektar maydonga ega davlat. Uning o‘z aeroporti yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, u yerga Italiya poytaxtidan borish qiyin emas.

Veniamin Kraskov/Shutterstock

San-Marino ham xuddi shunday — mamlakat 33 mingdan ziyod aholiga ega, to‘liq Italiya hududi bilan o‘ralgan va "Federiko Fellini nomidagi Rimini xalqaro aeroporti"dan atigi 15 kilometr masofada joylashgan.

Napoleonka/Shutterstock

Eng kichik mamlakatlar ro‘yxatida Vatikandan keyin  ikkinchi o‘rinda turuvchi Monako (aholisi 38,5 ming kishi)ga borish uchun esa "Nitstsa Lojuvard sohili" xalqaro aeroportiga parvoz qilish, u yerdan esa mashinada atigi 25 daqiqada yetib olish mumkin bo‘ladi.

 

Shunisi qiziqki, kichik mamlakatlar ro‘yxatidagi uchinchi va to‘rtinchi bo‘lib turgan Nauru va Tuvalu o‘z aeroportiga ega, beshinchi va oltinchisi esa - yo‘q.

RossHelen/Shutterstock

San-Marino haqida yuqorida aytildi, Lix­ten­shteynga borish uchun esa poytaxtdan 38 kilometr narida joylashgan "Al­te­nrayn Sankt-Gallen" aeroportiga parvoz qilishga to‘g‘ri keladi.

GoodMoodPhoto/Shutterstock

Atigi 40 kilometrli maydonga egalik qiluvchi Andorra ham shunday - u yerga parvoz qilishning iloji yo‘q. Pirineylar vodiysida, tog‘ tizmalari o‘rtasida uchish-qo‘nish yo‘lakchasi uchun joy topish qiyin bo‘lardi. Shunday ekan, u yerga Fransiya yoki Ispaniya orqali borishga to‘g‘ri keladi — Andorra poytaxtiga borish kerak bo‘lsa, Ispaniyaning "Jirona — Kosta-Brava" aeroportiga parvoz qilgan qulayroq.

 

Falastin hududlarida ham aeroportlar yo‘q, biroq Isroilning "Ben-Gurion" xalqaro aeroporti Vifleyemdan atigi 42 kilometr masofada joylashgan.

Mavzuga oid