Şarqiy Finlandiyadagi uçta aeroport Rossiya GPS faoliyatiga xalaqit berayotgani bois samolyotlarni qöndirişda eski radiolokatsion tizimlardan foydalanişga qaror qildi. Bu haqda havo bandargohlari vakillariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ularning sözlariga köra, Rossiya bilan çegara yaqinida joylaşgan Yoensuu va Savonlinnadagi ikkita aeroport sentabr oyida radionavigatsion tizimga ötgan, Lappeyenrantadagi bitta aeroport ham tez orada şu kabi tizimdan foydalanişni boşlaydi.

Finavia’ning xavfsizlik va infratuzilma böyiça vitse-prezidenti Xenri Xanssoni sözlariga köra, endi havo bandargohlari 1960 yillarda işlab çiqilgan DME radionavigatsion tizimlaridan foydalanadi.

«Oldingi infratuzilma tizimlaridan garçi foydalanib kelmagan bölsak ham, ularning bir qismini saqlab qöyganmiz. Endi qayta işga tuşiriş uçun ularni yangilaşga muvaffaq böldik», — deydi Xansson.

Finlandiyadagi Traficom Transport va aloqa agentligi ma’lumotlariga köra, mamlakatda har kuni GPS faoliyatiga boğliq turli uzilişlar kuzatilmoqda. Şu bilan birga, sun’iy navigatsiya işidagi muammolarga oid xabarlar asosan Finlandiya janubidan kelib tuşmoqda.

Joriy yil bahorda Finnair GPS muammolari sabab Estoniyaning Tartu şahriga parvozlarni töxtatgan edi. Muntazam aviaqatnovlar Tartu aeroporti qönişda sun’iy yöldoş tizimi talab etilmaydigan yangi yeçim örnatganidan keyin qayta tiklandi.

Estoniya, Litva va Latviya Boltiq dengizi hududida GPS faoliyatidagi nosozliklarda Rossiyani ayblamoqda. Şuningdek, ular mintaqada aviatsiya halokatlari ortganidan ogohlantirgan. The Sun gazetasi hisob-kitoblariga köra, 2023 yil avgustidan 2024 yil martiga qadar Şarqiy va Şimoliy Yevropada GPS-signallarni öçiriş holatlari haftasiga 50 tadan 350 tagaça oşgan.