Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi yong‘in Osiyodagi eng baland yog‘och ibodatxonani kulga aylantirdi
Xitoyning Sichuan viloyatidagi yong‘in Osiyodagi eng baland yog‘och pagodani (ibodatxona) butkul vayron qildi. Bu haqda CGTN telekanali xabar berdi.
“Osiyoda o‘z turidagi eng baland hisoblangan, 16 qavatli yog‘och minora yakshanba kuni yonib ketib, butkul vayron bo‘ldi”, deyilgan xabarda
Qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan. Yong‘in sababi noma'lumligicha qolmoqda, tergovchilar buni aniqlash bilan shug‘ullanishmoqda.
South China Morning Post nashrining qo‘shimcha qilishicha, yong‘inni o‘chirishga 4 soat ketgan. Yong‘in shuningdek ibodatlar uchun mo‘ljallangan yana bir ikki qavatli inshootni yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026