Jahon | 15:20 / 11.12.2017
20178
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev yangi muhim qonunni imzoladi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev huquqni muhofaza qilish faoliyati asoslarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

"Davlat rahbari tomonidan “Qozog‘iston Respublikasining huquqni muhofaza qilish faoliyati protsessual asoslarini modernizatsiya qilish masalalari bo‘yicha ba'zi qonunchilik aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi", - deya xabar berilgan prezident saytida.

Ta'kidlanishicha, qonun Qozog‘iston prezidentining qonunchilik tashabbusi tartibida qabul qilindi va Jinoyat-protsessual kodeks, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida” va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi. Ular: 

- jinoiy jarayonda fuqarolar huquqlari himoyasini kuchaytirish va uning repressivligini kamaytirish;
- jinoiy jarayonda musobaqalashishni oshirish, jumladan himoyachilar huquqlarini kengaytirish hisobidan;
- sudga qadar bosqichda sud nazoratini kengaytirish;
- protsessual vakolatlarni aniq taqsimlash;
- jinoiy jarayonni soddalashtirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid