Jahon | 20:00 / 12.12.2017
32113
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda enaga unga ishonib topshirilgan bolani ayovsiz do‘pposladi (video)

Foto: Getty Images

Xitoyda o‘ziga topshirilgan bolani do‘pposlagan enaga hibsga olindi. Liftdagi kameralar u bolani onasi bilan xayrlashgandan keyin lift ichida shafqatsizlarcha urganini qayd qilgan.   

Ushbu video CCTV telekanali tomondan ko‘rsatilgan. 

Videoda ona farzandini enagaga topshirib, ular bilan xayrlashgani tasvirlangan. Enaga yig‘layotgan bola bilan liftga kirgach, uni kaltaklash bilan qo‘rqita boshlaydi. So‘ngra norasida bolaning qorin sohasiga bir nechta kuchli mushtlar tushiradi. Bu bilan “kifoyalanib qolmagan” enaga bolani aravachaga qo‘ygach, uning boshiga ham ura ketadi. Bechora bola bu zarbalardan keyin bukchayib qolgan.

Kuzatuv kameralarida bo‘lib o‘tgan voqeani ko‘rgan bino qo‘riqchisi videoyozuvni bolaning ota-onasiga bergan. Ular esa politsiyaga murojaat qilishgan. Berahm ayol o‘sha kunning o‘zida hibsga olingan. Politsiya shuningdek bu “quturgan” enagani mijozlarga jo‘natgan agentlikni ham tekshirmoqda. Ta'kidlanishicha, enagaga katta maosh to‘langan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid