Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram asoschisi Dubayga ko‘chish qarori va Kremniy vodiysidan kelib tushayotgan takliflar haqida
«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Dubayga ko‘chishga qaror qildi. Bloomberg shu haqida xabar berdi.
"Bu yer menga yoqadi", - dedi Durov agentlikka bergan intervyusida. Manbaga ko‘ra, Telegram'ning yangi ofisi amirlik poytaxtidagi Dubai Media City (DMC)ning 23-qavatida joylashgan.
Bundan avval Sent-Kitts va Nevis Federatsiyasi fuqaroligini olgan Durov tanlovning aynan Dubayga tushishiga asosiy sabab DMC soliqlarining yo‘qligi ekanini aytdi.
"Bu prinsipga ko‘ra qilinayotgan ish. G‘arbda ko‘pchilik soliqlar qanday kuchli cheklovlar qo‘yishini tushunmaydi. Daromadning yarmi soliqlarga ketishi mumkin, bu - yilda 180 kun hukumat uchun ishlash degani. Fikrimcha, o‘zim topayotgan pullarga jamiyat uchun bundan-da foydali ishlar qila olaman", - dedi Durov.
Telegram asoschisi Birlashgan Arab Amirliklari kabi bunday konservativ mamlakatda yashashning o‘ziga xos "murakkabliklari" bor ekanini tan oladi.
"Masalan doimiy ravishda spirtli ichimliklar ichishim yoki cho‘chqa go‘shtini yeyishim kerak bo‘lganda edi, qiyin bo‘lardi", - dedi messenjer asoschisi.
U, shuningdek, Kremniy vodiysidan 3 milliarddan 5 milliard dollargacha summalarni o‘z ichiga olgan takliflar kelib tushgan bo‘lishiga qaramay, Telegram'ni sotish niyati yo‘qligiga ishontirdi.
"U hatto 20 milliard dollarga ham sotilmaydi. Bu hayotiy kafolat", - dedi Pavel Durov.
Oktyabr oyi o‘rtasida jahon sudi Telegram messenjerini FXXga ma'lumot yetkazishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Telegram million rublgacha jarimaga tortilish xavfi ostida qolgandi. Pavel Durov Federal xavfsizlik xizmati talabi konstitutsiyaga zid ekani va ularni texnik jihatdan bajarish imkoni yo‘qligini ma'lum qilgan. Oxir-oqibat kompaniya 800 ming rubllik jarimaga tortildi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
14:13 / 04.05.2026