Kun.uz “Biznes vaqti” ruknida zamonaviy texno olamning eng sirli va bahsli şaxslaridan biri — Pavel Durov va foydalanuvçilari soni milliarddan oşgan Telegram hamda VKontakte’ning yaratilişi haqida hikoya qiladi.  

Italiyada ötgan bolalik

Durov 1984 yilda Sankt-Peterburg şahrida tuğilgan. Yoş Pavel 4 yoşga tölar-tölmas oilasi bilan birga Italiyaga köçib ketadi. Şu sababli bolaligining bir qismi Turin şahrida ötgan. Keyinçalik Durovlar oilasi Rossiyaga qaytgaç, Pavel akademik gimnaziyaga öqişga kirdi va aynan şu yerda dasturlaşga mehr qöyadi. U ösmirlik çoğidayoq öta iqtidorli, ammo isyonkor öquvçi sifatida taniladi. Bir kuni maktab kompyuterlari tarmoğini buzib kirib, barça ekranlarga informatika öqituvçisining suratini joylaştiradi va “Must die” ya’ni “Ölişi kerak” degan yozuvni örnatib qöyadi. Bu işi uçun Pavelga ma’lum muddat kompyuterdan foydalanişga taqiq ham qöyiladi.

2001 yilda bölajak multimilliarder Sankt-Peterburg davlat universitetining filologiya fakultetiga öqişga kiradi. Talabalik yillarida u Durov.com degan ilk onlayn loyihasi — talabalar uçun elektron kutubxona yaratadi. Aynan uşbu loyiha odamlarni kengroq masştabda birlaştiruvçi yirikroq platforma yaratiş ğoyasining paydo bölişiga turtki beradi. 

rbc.ru


VKontakte: hammasi qanday boşlangan?

2006 yil. Pavel universitetni tamomlaş arafasida bir neça kun oldin AQŞdan qaytgan maktabdoş dösti — Vyaçeslav Mirilaşvili bilan körişib qoladi. U Durovga Ğarbda kun sayin ommaviylaşib borayotgan Mark Tsukerbergning Facebook ijtimoiy tarmoği haqida sözlab beradi. Pavel odamlar özlarining ismi, qiyofasi va öqiş joyini körsatgan holda muloqot qiladigan uşbu oçiq konseptning Rossiya va MDH bozori uçun qançalik katta potensialga ega ekanligini darhol anglab yetadi. Ğoyani amalga oşiriş uçun uç narsa talab etilardi: işonçli jamoa, pul va kuçli dasturçilar. Vyaçeslavning otasidan 30 ming dollar qarz olinadi. Loyihaning asosiy texnik yukini kötariş uçun Pavelning akasi, matematik va dasturlaş dahosi deya ta’riflanadigan Nikolay Durov jalb qilinadi. Aynan Nikolay yaratgan mukammal arxitektura va ma’lumotlar bazasi keyinçalik platformaga millionlab foydalanuvçilar kirganda ham saytning qotib qolmasdan tez işlaşini ta’minlaydi. Loyiha dastlab talabalarni jalb qiliş uçun “Student.ru” deb nomlanişi rejalaştirilgandi. Ammo, Pavel bu nom kelajakda ularning auditoriyasini yoş çegarasi bilan çeklab qöyişini tuşunadi. U barça qatlamlarga mos keladigan, kengroq va har qanday vaziyatda işlatiladigan söz qidirib, VKontakte nomini tanlaydi.