Jahon | 16:00 / 13.12.2017
6612
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvador qachongacha Assanjni himoya qilmoqchi? 

Foto: AFP

Ekvador WikiLeaks tashkiloti rahbari Julian Assanjga boshpana taqdim etishda davom etadi, bu uning huquqlariga bo‘lgan tahdid yo‘qolmagunga qadar ro‘y beradi. Bu haqda Ekvador TIV bayonotida aytiladi, u Janubiy Amerika davlati poytaxti Kitoda chorshanba kuni e'lon qilindi.

"Ekvador WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga boshpana taqdim etishda davom etadi, bu uning inson huquqlariga bo‘lgan tahdid yo‘qolmagunga qadar davom etadi", - deyiladi hujjatda. Unda ta'kidlanishicha, Assanjga taqdim etilgan “maqomda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q”. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bu borada turli xil versiyalar paydo bo‘lgandi. Ularning mualliflari iddao etishicha, Ekvador prezidenti Lenin Moreno WikiLeaks rahbarini taqdim etilgan himoyadan mahrum qilish niyatida ekan.

2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi diplomatik missiyasidan boshpana so‘radi, u shu orqali Shvetsiyaga ekstraditsiya qilishlaridan qochmoqchi bo‘lgan. Shvetsiyada esa uni hibsga olish bo‘yicha order berilgan, u “jinsiy xarakterdagi harakatlarga majburlash va shilqimlikda”, shuningdek, zo‘rlashda ayblanmoqda. WikiLeaks asoschisi bu ayblovlarni rad etdi hamda ularga siyosiy tus berilgan, deb atadi. Assanjning xavfsirashicha, Shvetsiya uni AQShga deportatsiya qiladi, bu yerda avstraliyalikka Davlat departamentining maxfiy hujjatlarini e'lon qilgani uchun 35 yilgacha bo‘lgan muddatga qamoq yoki o‘lim jazosi xavf solmoqda.

Avvalroq Ekvador prezidenti Moreno WikiLeaks asoschisi Janubiy Amerika davlatining Londondagi elchixonasida bo‘la turib, turli siyosiy bayonotlarni bermasligi kerakligi haqida fikr yuritgandi. Davlat rahbari Assanjga “na Ekvador siyosatiga, na do‘stona mamlakatlar siyosatiga aralashmaslik” iltimosi bilan chiqdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid