2017 yil 9 dekabr kuni Invivo xususiy klinikasida koxlear implantatsiya operatsiyasiga bağişlangan ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi. Şu kuni xorijlik şifokorlar bilan bir qatorda mahalliy otolaringolog hamda jarrohlar ham eşitişi zaif bölgan kasallarga koxlear implant ötkaziş böyiça operatsiyada iştirok etişdi.
Avstraliya va Rossiyadan taşrif buyurgan malakali jarrohlar özbekistonlik şifokorlar hamda bölajak jarrohlarga öz tajribalari haqida örtoqlaşişdi. Şuningdek, iştirokçilar buxorolik 2,5 yoşli kar-soqov bolaga dunyodagi eng nozik koxlear implantini ötkaziş operatsiyasini ham onlayn tarzda kuzatiş imkoniga ega bölişdi.
Koxlear implantatsiyasi - ayrim neyrosensorli eşitiş qobiliyatini yöqotgan yoki butunlay eşitmaydigan bemorlar uçun qöllaniladigan tibbiy asbob. Uning yordamida zaif eşituvçi insonlar turli tovuşlarni eşitiş hamda sözlay oliş imkoniga ega bölişi mumkin.



"Jahonga maşhur Cochlear kompaniyasining implantlari Özbekistonga rasmiy tarzda olib kelindi. Endilikda bemorlarga boşqa mamlakatlarga soliştirganda ança arzon narxlarda koxlear implantlarini örnatiş va ularga eşitiş qobiliyatini qaytariş imkoniyati mavjud. Ayrim bolalar tuğma kar-soqov bölib tuğilsa, yana boşqalar antibiotiklarning notöğri qöllanilişi va surunkali kasalliklarning asoratidan eşitiş qobiliyatini yöqotadi. Eng muhimi, ota-onalar farzandlarini erta yoşdaligidayoq şifokor nazoratidan ötkazişsa va öz vaqtida implantlar örnatilsa, ularning barça soğlom insonlar qatori tinglay olişi va sözlaşişiga umid paydo bölişi mumkin. Keça biz xayriya aksiyasi böyiça 5 nafar bemorga koxlear implantini muvaffaqiyatli ötkazdik. Bugun yana bir bolaga koxlear implantatsiyasi böyiça jarrohlik amaliyoti amalga oşirildi. Kelajakda mazkur amaliyotni yana davom ettirişni maqsad qilganmiz", deydi INVIVO klinikasining direktori Zebo Karimova KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida.

Ta'kidlaş joizki, Özbekistonda koxlear implantlarini örnatiş böyiça tajribali mutaxassislarning paydo bölişi köplab insonlarning olis manzillarga şifo izlab bormay, öz yurtida davo topişiga imkon beradi. Sönggi innovatsion texnologiyalar yordamida işlab çiqarilgan koxlear implantlari eşitişga tösiq böluvçi muammolarni bartaraf etişga hamda insonlarni faol ijtimoiy hayotga qaytarişga kömak beradi.















