Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 dekabr 2017 yil “Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonini imzoladi. Xöş mazkur hujjatni qabul qilişga nima turtki böldi, nima uçun qabul qilindi, uşbu farmon ijrosi yuzasidan qanday işlar amalga oşiriladi? ÖzA agentligida e'lon qilingan farmonga şarhda yuqoridagi savollarga batafsil javob berilgan. 

Davlat xizmatlari körsatiş tizimini izçillik bilan takomillaştiriş aholi hayot sifati, investitsiya iqlimi, işçanlik muhitini yaxşilaş va biznesni rivojlantirişning eng muhim şartlaridan biri hisoblanadi. 

Sönggi yillarda mamlakatda davlat organlarining mazkur sohadagi faoliyati sifatini oşiriş, tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlarini körsatişda maqbul şart-şaroitlar va qulayliklar yaratişga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi. 

Xususan, 2017 yil 1 fevraldan Tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlarining tumanlar (şaharlar) hokimliklari tuzilmasidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga ötkazilişi mazkur sohani rivojlantiriş böyiça muhim qadam bölib, vertikal boşqaruvni şakllantiriş, ularning samarali faoliyatini taşkil etiş imkonini berdi. Natijada uşbu markazlar tomonidan körsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagaça oşdi. 

2017 yil 1 apreldan boşlab röyxatga oliş tartib-taomillarini 30 daqiqagaça qisqartiriş imkonini beruvçi tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkazişning avtomatlaştirilgan tizimi işga tuşirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni röyxatdan ötkaziş” körsatkiçi böyiça Özbekistonning mavqeini 24-örindan 11-öringa yaxşilaşga xizmat qildi. 

Şu bilan birga, xalq bilan oçiq muloqot natijalari hamda huquqni qöllaş amaliyotining tahlili davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimining aholi va tadbirkorlik sub'yektlari ehtiyojlarini töliq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga ötişida ayrim tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda. 

Avvalambor, “yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş tizimidan faqat tadbirkorlik sub'yektlari foydalanişi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgaça turli davlat organlari va taşkilotlarida hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça murakkab tartib-taomillardan özlari ötişga majbur bölmoqdalar. 

Qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalari mavjud emasligi, şuningdek, ular idoralararo integratsiya qilinişining past darajada ekanligi vaziyatni murakkablaştirib, barça davlat xizmatlari majmuasidan qulay va öz vaqtida foydalanişni ta'minlaş imkonini bermayapti.