Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: AQShning Al-Quds bo‘yicha qarori islom olamiga qarshi yashirin rejalardan darak beradi
AQShning Al-Quds bo‘yicha qarori - islom olamiga qarshi yangi yashirin rejalar darakchisi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbul metrosidagi haydovchisiz poyezdlarni yo‘lga qo‘yish marosimida. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, agar musulmonlar Donald Trampning qaroriga munosib javob qaytarmasa, buning ketidan yangi qadamlar qo‘yiladi.
Erdo‘g‘an musulmonlarning nuqtai nazaridan Makka va Madinaning ham, Al-Qudsning ham muqobili yo‘qligini aytdi. "Al-Quds – islom olamining g‘ururi va sharafi. Bu shahar - qadam qo‘yish kerak bo‘lmagan qizil nuqta. Al-Quds atrofidagi voqealar - barcha musulmonlar muvaffaqiyatli o‘tishi kerak bo‘lgan sinov", - dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an Anqara Turkiya AQSh va NATOda duch kelgan ikkiyuzlamachilikni unutmasligiga va'da berdi. "Albatta, NATO o‘quv mashg‘ulotlari doirasida Turkiyaning amaldagi prezidenti hamda Turk Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturkni qandaydir dushman sifatida ko‘rsatishga uringanlar o‘z jazosini oladi", - dedi u.
Turkiya davlati rahbari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi (YeI)ning Anqaraga nisbatan pozitsiyasini qoraladi.
Erdo‘g‘an Yevroparlament qandaydir "jazo" sifatida Turkiyani 100 million yevro miqdoridagi moliyaviy yordamdan mahrum qilganini eslatib o‘tdi. "Bu Turkiyaga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi", - dedi turk rahbari.
Prezident Yevroittifoq tomonidan adolatsiz va hurmatsiz munosabatga qaramay, Anqara o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqmasligini ta'kidladi. "Shuningdek, Turkiya Suriya va Iroqdagi kurashidan ham voz kechmaydi", - dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026