Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon NUJlarni o‘rganish uchun millionlab dollar sarflagan – OAV
Foto: Pixabay
Pentagon 10 yil davomida noma'lum uchar jismlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. Pentagonda ta'kidlanishicha, NUJlardan ba'zilari AQShning harbiy samolyotlaridan ilg‘orroq bo‘lgan.
Pentagon 10 yil avval kongress ko‘rsatmasi bilan NUJlarni o‘rganish bo‘yicha norasmiy dasturni yaratgan. AQSh bu dasturni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mln dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan, deb xabar bermoqda Politico nashri.
Dastlab harbiylar NUJlarni o‘rganish zaruratini ulardan ba'zilari “AQSh va xorijiy davlatlar ixtiyorida bo‘lgan harbiy samolyotlardan “ilg‘orroq” bo‘lgani bilan tushuntirishgan. “Ba'zi hollarda ular shunday noodatiy va tez harakatlanishardiki, go‘yoki ular fizika qonunlariga chaqiriq tashlayotgandek tuyulardi”, deb aytmoqda nashr suhbatdoshlari.
AQSh kongressi sobiq a'zosining aytishicha, bu dasturning yaratilishiga amerikalik mutaxassislarning biror-bir xorijiy davlat, ehtimol Xitoy yoki Rossiya “AQShga xavf solishi mumkin bo‘lgan keyingi avloddagi texnologiyani yaratgani” haqidagi taxminlari ehtimoliy sabablardan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:39 / 16.02.2026
Epshteyn fayllarida tilga olingan 300 nafar siyosatchi va mashhurlar ismi oshkor qilindi
11:04 / 16.02.2026
AQSh Navalniy epibatidin bilan zaharlanganiga shubha qilmayapti
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026