19:08 / 18.12.2017
37983

Yaqin o‘n yil ichida yuz berishi mumkin bo‘lgan eng xavfli hodisalar ma'lum qilindi  

Foto: Omer Messinger / Getty Images

Bloomberg axborot agentligi yaqin o‘n yil ichida yuz berishi mumkin bo‘lgan eng xavfli hodisalarning har yillik sharhini chop etdi.

Qizig‘i, bu xavfli hodisalar sifatida atom urushi, ommaviy teraktlar, hokimiyatning yashirin hukumatlar tomondan egallanishi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, katta ko‘lamlarda inson huquqlarining poymol qilinishi kabilar umuman eslab o‘tilmagan. 

“Dunyo falokat yoqasida. Shimoliy Koreya urush boshlash bilan qo‘rqitmoqda. Donald Tramp yana nima hunar ko‘rsatadi, hech kim bilmaydi. Bu yerda keltirilgan ssenariylarni prognoz deb qabul qilish kerak emas. Aksincha, bizning dunyo qanchalik tez o‘zgarayotgani haqida sizni o‘ylantiruvchi fikrlardir”, deb ma'lum qilgan axborot agentligi.  

Agentlik eng xavfli hodisa sifatida Donald Trampning ikkinchi muddatga prezident bo‘lishini ko‘rsatgan. Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 8 ta ssenariy joy olgan:

Donald Tramp ikkinchi muddatga prezident etib saylanadi;   
Feysbuk yolg‘on xabarlar bilan kurashda mag‘lub bo‘ladi;
Bitkoin banklarning o‘rnini egallaydi;
Shimoliy Koreya urush boshlaydi, biroq uning yetakchisi Kim Chen In o‘ladi;
Sotsialistlar Buyuk Britaniyada hokimiyatni egallab oladilar;
Pensionerlar Yevropaning parchalanishiga sabab bo‘ladilar;  
Xitoy savdo urushi boshlaydi;
Elektrokarlar neftdan bog‘liqlik ustidan g‘alaba qiladi.

Biroq bu hodisalar ichida ba'zilarini umuman xavf deb atash noo‘rindir. Misol uchun, agar insoniyat neftdan elektromobillarga o‘tsa, buning nimasi yomon va bundan neft magnatlaridan boshqa kim ham qo‘rqishi mumkin?

Mavzuga oid
Top