Ğarb sanksiyalariga qaramay, 2023 yilda Rossiyaning 25 nafar eng badavlat tadbirkorlarining umumiy boyligi 50,01 milliard dollarga oşdi. 2 yanvar, seşanba kuni e’lon qilingan Bloomberg Billionaires Index ma’lumotiga köra, ularning umumiy boyligi 328,53 milliard dollarni taşkil qilgan.

Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanişidan bir kun oldin, 2022 yil 23 fevralda RIA «Novosti» Bloomberg milliarderlar reytingidagi eng badavlat 23 nafar rossiyalikning umumiy boyligi 342,74 milliard dollarni taşkil qilgani haqida xabar berdi. 2022 yilda reytingdagi rossiyaliklarning umumiy boyligi 93,753 milliardga kamaydi. 

«Lukoyl» egalaridan biri Vagit Alekperovning kapitali boşqalarga qaraganda köproq - 9,29 milliard dollarga oşib, 24,7 milliard dollarga yetdi. Bloomberg indeksida bölgan faqat bir rossiyalik milliarder - Vyaçeslav Kantorning puli kamaygan. Mineral öğitlar işlab çiqaruvçi «Akron» kompaniyasining asosiy aksiyadori bölgan Kantor ötgan yil davomida 149 million dollar yöqotdi. 

Hozirgi vaqtda eng boy rossiyaliklar törtligi quyidagiça körinişga ega: 

Vladimir Potanin (+2,49 milliard dollar, umumiy boyligi 31,1 milliard); 
Leonid Mixelson (+2,83 milliard dollar, umumiy boyligi 27,5 milliard); 
Vagit Alekperov (+9,29 milliard dollar, umumiy boyligi 24,7 milliard); 
Vladimir Lisin (+4,08 milliard dollar, umumiy boyligi 23,9 milliard). 

Bloomberg indeksni biznesmenlar uluşlarga ega bölgan kompaniyalar aksiyalari narxidan kelib çiqib hisoblaydi.