Jamiyat | 09:51 / 18.12.2017
7161
2 daqiqa o‘qiladi

Qaynsinglisiga tan jarohati yetkazgan ayol sudlanadigan bo‘ldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbirida Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qaynsinglisiga tan jarohati yetkazgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi KUN.UZ’ga xabar berdi.

Chilonzor tumanida 6 dekabr kuni soat 21.00 larda, Chilonzor M-45-uyda, 1995 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Zebiniso ko‘chasida yashovchi A.S., qaynsinglisi 1995 yilda tug‘ilgan, Chilonzor M-45-uyda yashovchi A.A.ni urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. 

Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.A. «sog‘lig‘ini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil» tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.S.ga nisbatan Chilonzor tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi, 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid