Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda maxsus xizmatlar markazi jangarilar hujumiga uchradi (video)
Afg‘oniston poytaxti Kobulning g‘arbiy qismidagi qurilishi tugallanmagan bino bir guruh qurollangan shaxslar tomonidan egallab olindi. Inshoot mahalliy maxsus xizmatlarning mashg‘ulot markazi yonida joylashgan, deb xabar bermoqda Tolo telekanali.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar binoda yashirinib o‘tirishibdi hamda markazni o‘qqa tutishmoqda.
Afg‘oniston IIV ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyiga xavfsizlik kuchlarining qo‘shimcha bo‘linmalari yuborilgan.
Qurbonlar haqida xabarlar hozircha yo‘q. Shu bilan birga, Tolo telekanali manbasi ham hujum natijasida jabrlanganlar yo‘qligini xabar bergan.
Hech bir guruh hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026