Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» rahbari Neymar tufayli «Barselona»ni firibgarlikda aybladi
«PSJ» sport direktori Antero Enrike, klubning moliyaviy feyr-pley qoidalariga qanchalik mos ekani haqidagi savolga javob berdi.
«Biz xotirjammiz. Biz UYeFA tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni va o‘z javobgarligimizni bilamiz. Qoidaga mos kelish uchun qancha futbolchi sotishimiz kerak? Transfer oynasi ochilmaguncha, bu haqda gapirmayman.
«PSJ» klubida eng zo‘r futbolchilar to‘p surmoqda, demak biz transfer bozoriga chiqa olamiz.
UYeFA tomonidan o‘tkazilayotgan surishtiruv? Menimcha, ispaniyaliklar katta bosim uyushtirmoqda. La Liga prezidenti Neymar transferini tanqid qilmoqda. Xo‘p, unda aytingchi, «Barselona» 2013 yilda Neymarni qancha pulga sotib oldi? Haqiqatda qancha pul to‘ladi?
«PSJ» huquqiy tomondan hamma ishni to‘g‘ri bajarmoqda, biz Neymarning tovon pulini to‘laganmiz», – deb Enrike so‘zlarini keltirmoqda Le Parisien.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
20:37 / 16.05.2026