O‘zbekiston | 22:38 / 21.12.2017
8607
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi dekabr oxirida muhokama qilinadi

Foto:knews.kg

21 dekabrda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov transport va yo‘llar vaziri  Jamshitbek Kalilovni qabul qilgan. 

Kalilov prezidentga Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha 25 dekabrda Toshkentga bir guruh mutaxassislar uch tomonlama uchrashuvga yo‘l olishlarini, 27 dekabrda esa vazirlar darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi, unda temir yo‘lning qurilishi bo‘yicha barcha masalalar muhokama qilinishini ma'lum qilgan.    

“23 dekabrdan Bishkek-Toshkent aviareyslari qayta boshlanadi. 2018 yilda esa O‘sh-Toshkent-O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar ishga tushiriladi. Avtomobil va yo‘lovchi transporti masalalarini tartibga solish bo‘yicha biz o‘zbek tomoni bilan 2018 yil 25 yanvarda uchrashamiz va umid qilamizki, bir yechimga kelamiz”, deb aytgan vazir.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid