Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadada ishtirok etmaydigan rossiyalik sportchilar uchun musobaqa o‘tkaziladi
Rossiyada xorijlik sportchilar ishtirokida, 2018 yilgi qishki Olimpiadada ishtirok etmaydigan rossiyalik sportchilar uchun musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov ma'lum qildi.
“Biz muqobil Olimpiada o‘tkazmaymiz. Olimpiada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga tegishlidir. Hozirda biz sportchilarimiz uchun bir qator musobaqalar o‘tkazish masalasi va ularga xorijiy hamkasblarni taklif qilish imkonini ko‘rib chiqmoqdamiz. Shuningdek, bu musobaqalarning mukofot jamg‘armasini tuzish imkoni ham qaralmoqda. Agar sportchilar Olimpiadaga borishmasa, bu ularning huquqlari. Ular natijalar ko‘rsatib, boshqa musobaqalarda moddiy daromad olish imkonini oladilar”, deb aytgan vazir.
Rossiyalik sportchilarga Pyongchangdagi Olimpiadada Olimpiya bayrog‘i ostida ishtirok etishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026