Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Saudiya Arabistoni qiroli o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi
Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Eronga qarshi turish va Yamandagi ixtilofni hal qilishda yordam berishga tayyorliklarini tasdiqlashgan.
“Yetakchilar BMT Eronni qayta takrorlanayotgan xalqaro huquq buzilishlariga javobgar ekanini tan olishi uchun uni jalb qilish va Yamanda urushni tugatish uchun siyosiy tartibga solish jarayonini qo‘llab-quvvatlash muhimligi bo‘yicha kelishib oldilar”, deyilgan xabarda.
Muloqot davomida Tramp qirol qarorgohiga raketa hujumi yuzasidan Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi.
“Prezident Tramp qirol Salmon bilan suhbatda qirolning rasmiy qarorgohiga ballistik raketa otilganidan keyin Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi”, deb aytilgan xabarda.
Oq uyda hujum Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomondan amalga oshirilgani aytildi.
“Qirol Salmon Saudiya Arabistonining Yamandagi gumanitar inqirozni yengillashtirish bo‘yicha rejalaridan Trampni xabardor qildi”, deyilgan xabarda.
19 dekabrda husiylar Saudiya Arabistoni rahbariyati uchrashuvi o‘tayotgan Yamam saroyi tomon raketa otgan. OAVning ma'lum qilishicha, qirollikning havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari raketani Ar-Riyoddan janub tomonda urib tushira olishgan. Biroq ba'zi manbalarning ma'lum qilishicha, raketa urib tushirila olinmagan, biroq nishonga ham yetib bormagan.
Mavzuga oid
08:34
BAA Eronga qarshi yashirin hujumlar uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
21:03 / 11.05.2026