10:35 / 22.12.2017
15220

Yakkakurash jangchisi singan qo‘li bilan g‘alaba qila oldi

Foto: UAsport

MMA jangchisi Maykl Makdonald Bellator 191 musobaqasi davomida raqibi Piter Lijyeni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi. Makdonald uchun bu jang ushbu yo‘nalishdagi birinchisi bo‘ldi.

Biroq e'tiborlisi, jang tugagach, Makdonald oxirgi raundni singan qo‘li bilan o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.

“Men 2-raundda qo‘limni sindirib oldim. Men suyagim turtib turganini sezardim. Men o‘z chiqishimdan faxrlanaman. O‘ylaymanki, siz singan qo‘limni ko‘rmoqchisiz, mana uning rentgen surati. Men bunday jarohat bilan oxirgi raundda jang qila olganimga ishonish qiyin. Tangriga shukr, adrenalin hisobiga og‘riqni sezmadim”, deb yozgan jangchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda.

Foto:  Instagram/maydaymcdonald

 

Mavzuga oid
Top