Buxoro şahrida 30 aprel kuni aralaş jang san’atlari (MMA) böyiça musobaqa ötkazilişi belgilangan. Turnirdan oldingi matbuot anjumani şahardagi Nodir Devonbegi madaniy meros obekti hududida ötkazilgan.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, aynan şu madrasa oldiga turnir reklamasi aks etgan katta banner örnatilgan. Bannerdan Içki işlar vazirligi, şuningdek, «1Xbet» bukmekerlik kompaniyasining logotipi örin olgan. Mazkur holat amaldagi qonunçilik talablariga mutlaqo zid hisoblanadi.
Jumladan, “Reklama töğrisida”gi qonunning 26-moddasiga muvofiq, taşqi reklamani moddiy madaniy meros obektlariga örnatiş, şuningdek, tutaş hududdagi obodonlaştiriş elementlarini buzgan holda joylaştiriş qat’iyan taqiqlanadi.

Şuningdek, mazkur qonunning 46-moddasida qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlar, şu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlari hamda internet orqali taşkil etiladigan öyinlar reklamasi taqiqlanişi belgilab qöyilgan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, tarixiy va madaniy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega bölgan mazkur obekt hududida totalizator reklamasi aks etgan bannerning örnatilişi respublika milliy merosiga nisbatan hurmatsizlik sanaladi.
Madaniy meros agentligining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, bunday turdagi har bir obektda tadbir ötkaziş avvalidan agentlikni tegişli tartibda xabardor qiliş, ruxsatini oliş şart. Bundan taşqari, ovoz kuçaytiriş moslamalarini ham kelişilmagan ravişda qöyiş taqiqlanadi. Uşbu sport tadbiri ötkazilişidan esa agentlik bexabar bölgan.








