Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston: O‘zbekiston 143 mln dollarlik qarzini to‘lab berdi
Foto: Kapital.kz
O‘zbekiston elektr energiyasi uchun 143 million dollar miqdoridagi avvalgi qarzdorlikni to‘ladi, deb xabar berdi Qozog‘istonning KEGOC elektr energiya kompaniyasi.
"O‘zbekenergo" AJ 2017 yilning dekabrida "KEGOC" AJ oldida 2011-2017 yillardagi davrda quvvatlarni tartibga solish bo‘yicha elektr energiyasini yetkazib berish hamda xizmat ko‘rsatishga oid asosiy qarzni to‘la hajmda to‘lab berdi", - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston tomonidan to‘lov amalga oshirilmaganiga qaramay, Qozog‘iston so‘nggi yillarda elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettirgan, bu ikki mamlakatning Yagona elektr energiya tizimining ishonchli ishlashini ta'minlash uchun qilingan, deb xabar bermoqda Qozog‘iston OAV.
KEGOC’ning ma'lum qilishicha, kompaniya "O‘zbekenergo" AJ bilan hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida.
Mavzuga oid
17:58 / 17.03.2026
Namanganda soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr uchun to‘lov cheklanadi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14:52 / 06.03.2026
Elektr quvvatlantirish shoxobchalari xatlovi nima uchun o‘tkazilmoqda?
21:23 / 31.01.2026