Sport | 09:22 / 23.12.2017
13687
2 daqiqa o‘qiladi

5 daqiqada 3ta gol. «Arsenal» «Liverpul» bilan o‘yinda kambek qildi

«Arsenal» va «Liverpul» Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi uchrashuvda durang natija qayd etdi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Mersisaydliklar so‘nggi to‘rt tur ichida uchinchi marta durang natijani qayd etishdi.

Filippe Koutino 26-daqiqada uchrashuvdagi hisobni ochdi. Muhammad Saloh 52-daqiqada jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Mezbonlar 53- va 58-daqiqa orasida uch marta to‘p kiritishning uddasidan chiqishdi: Aleksis Sanches, Granit Jaka va Mesut O‘zil o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Roberto Firmino hisobni tenglashtirdi.

«Liverpul» 35 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, «Arsenal» (34 ochko) – beshinchi.

Arsenal – Liverpul 3:3 (0:1, 3:2)
Gollar
: 0:1 – 26 Koutino, 0:2 – 52 Saloh, 1:2 – 53 Sanches, 2:2 – 56 Jaka, 3:2 –58 O‘zil, 3:3 – 71 Firmino.

Arsenal – Chex, Belerin, Koselni, Monreal (Mustafi, 46), Meytlend-Naylz, Uilsher, Jaka, Ivobi (Uelbek, 78), O‘zil, Sanches (Uolkott, 89), Lyakazett.
Liverpul – Minole, Gomes, Lovren, Klavan, Robertson, Xenderson(Milner, 13), Jan, Saloh, Koutino (Oksleyd-Chemberlen, 84), Mane(Veynaldum, 80), Firmino.
Ogohlantirish: Ivobi (58).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid