Qalb qo‘ridan chiqqan gaplar: Mahalla ahli o‘z farzandlarini o‘ylab, KUN.UZ’ga maktub yo‘lladi

Foto: KUN.UZ
KUN.UZ tahririyatiga navbatdagi murojaat kelib tushdi. Aslida, elektron pochtamiz orqali har kuni ko‘plab maktublar olamiz. Ularning aksariyatida turli xil muammolar ko‘tarib chiqilgan bo‘ladi. Ammo quyidagi murojaat bir kishi emas, balki butun mahalla nomidan yozilgani e'tiborimizni o‘ziga tortdi.
“Assalomu alaykum. Biz Andijon viloyati, Xo‘jaobod tuman, “Sarqamish” MFYning Raish bo‘yi ko‘chasida yashovchi fuqarolar KUN.UZ saytiga yozib, murojaat qilishimizga quyidagilar sabab bo‘ldi.
Mustaqilligimizning o‘tgan yillari mobaynida viloyatimizda, shu jumladan, bizning Xo‘jaobod tumanida ham havas qilguday juda ko‘p bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu ishlarni va o‘zgarishlarni ko‘rib, biz shu zaminda yashab kelayotganimizdan faxrlanamiz va yurtboshimizdek xalq farovonligi yo‘lida kechayu-kunduz qayg‘urib, xizmat qilib kelayotgan insondan cheksiz minnatdormiz.
Shuningdek, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar ham xoh ilm sohasida yoki sportda bo‘lsin, insonning havasini keltiradi.
Shu g‘amxo‘rlikka javoban yoshlarimiz ham labbay deb javob berib, dunyo miqyosida o‘z iste'dodlarini ko‘rsatib, nufuzli o‘rinlarni egallab, mamlakatimiz sha'nini yuksaklarga ko‘tarmoqdalar.
Bundan qalblarimiz quvonchlarga to‘ladi va, albatta, bizning o‘g‘il-qizlarimiz, nabiralarimiz ham yaxshi bilim olishlarini, buning uchun esa bizning farzandlar xam shahar yoshlari kabi innovatsion texnikalardan va boshqa bilim qurollaridan foydalanishlarini juda ham istaymiz.
Lekin bizning farzandlar ham shunday sharoitda bilim olishlari va sport bilan shug‘ullanishlari uchun ayrim cheklovlar mavjud.
Buni achinish bilan KUN.UZ saytiga yozib ma'lum qilishimizdan sabab, mahallamizga tabiiy gaz quvurlari keltirilgan bo‘lsa-da, lekin bizning ko‘chaga gaz yetib kelmagan. Natijada, o‘ttizdan ortiq xonadon aholisi tabiiy gazga ehtiyoj sezib yashab kelmoqdalar.
Bugungi izg‘irin sovuq kunlarda farzandlarimiz issiq xonalarda darslarini tayyorlab, o‘z ustilarida ishlash o‘rniga, tashqaridan o‘tin va boshqa yonilg‘i topib kelish, o‘tin yorish, pechkaga o‘t qo‘yish, uyni isitish bilan vaqtlarini o‘tkazmoqdalar. Vaholanki, bizning ko‘chadan 30 metr narida gaz quvuri o‘tgan bo‘lib, bizning xonadonlarni ham shu gaz quvuriga ulash bilan barcha muammolarimizni hal qilish mumkin.
Shuningdek, bizning hududga elektr energiyasi ta'minoti ham juda cheklangan. Bu masalada mahalla fuqarolar yig‘iniga hamda tuman hokimligiga murojaat qilgan bo‘lsak-da, hech qanday yordam ko‘rsatilgani yo‘q.
Hozirgi qish sharoitida ertalab bolalarimizni o‘qishga kuzatish, kechki payt ularni kutib olish, ularga kechki ovqat tayyorlash, o‘quvchi o‘g‘il va qizlarimiz qanday sharoitda uy vazifalarini tayyorlashini ko‘z oldingizga bir keltiring!
Sizlarga bularni ma'lum qilish bilan birga, shu maqolani ko‘rib, koshki bizning ko‘chani ham tabiiy gaz bilan ta'minlab berishlarini umid qilamiz”.
Ha, umid insonga katta kuch beradigan tuyg‘u. Inson bolasi har doim yaxshi kunlarga ishonib yashaydi. Nimadandir umid qiladi. Hozir O‘zbekistonda juda katta sur'atlarda kuchli islohotlar olib borilmoqda. O‘ylaymizki, mazkur tuman hokimi va mutasaddi vakillari ushbu islohotlarga bee'tibor bo‘lmagan holda, bu odamlar umidini ro‘yobga chiqarishadi. Muammolar o‘z o‘rnida ijobiy va amaliy yechimini topadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
O‘zbekiston | 11:23
-
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sport | 09:45
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
Mavzuga oid

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:20 / 01.05.2025