21:40 / 23.12.2017
14437

Valverde: «Bugun biz qasos oldik»

Foto: twitter/@fcbarcelona

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde, La Liga 17-turidan o‘rin olgan «Real»ga (3:0) qarshi o‘yinga yakun yasadi.

«Biz kuchli raqibni safarda mag‘lubiyatga uchratdik, bundan xursandmiz. Bu - klasiko, juda muhim o‘yin edi.

Hali chempionatning birinchi davrasi tugamadi, oldinda ko‘p turlar bor. Hozir raqiblardan biroz o‘zib ketdik, ammo ayni paytda buning ahamiyati yo‘q. Hech narsa hal bo‘lmadi.

Birinchi bo‘limda, «Real» yaxshi o‘ynadi. Ular bizni uzun pas orqali o‘ynashga majbur qildi. Tanaffusdan so‘ng, o‘yinni va to‘pni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldik.

Ikkinchi goldan so‘ng, taktikani o‘zgartirib o‘tirmadik va hujum qilishda davom etdik. Bir futbolchi kam bo‘lib o‘ynasa-da, «Real» ko‘p imkoniyatlarni yaratdi. Biz gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi.

Bugun har ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Bizning kuchimiz va saviyamiz juda yaqin. ammo bu o‘yin - hamma uchun dars bo‘ldi. 

Oldin ular bizni mag‘lub etgandi, bugun esa biz yaxshi o‘ynadik va qasos oldik. Hamma narsa o‘zgaruvchandir», – dedi Valverde.

Mavzuga oid
Top