Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q – Avstriya kansleri
Foto: RIA Novosti/Georg Hochmuth
Avstriya kansleri Sebastyan Kurts Turkiya oxirgi yillar olib borayotgan siyosati tufayli Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘la olmasligini aytdi.
“Bu davlatda biz inson huquqlari, asosiy huquq va erkinliklarning jiddiy buzilishlariga duch kelmoqdamiz. Yevropa Ittifoqi buni ko‘rib, o‘zini hech narsa bo‘lmayotgandek tutishini qabul qila olmayman. Fikrimcha, Turkiyaga oxirgi yillar olib borayotgan siyosati tufayli Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q. Uning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar tugatilsa adolatli bo‘lardi”, deb aytgan Kurts Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida.
Kurtsning aytishicha, Turkiya Avstriya, Germaniya va boshqa davlatlardagi turklarning integratsiyasi yuz bermasligi uchun bu davlatlardagi turk jamoatiga kuchli ta'sir qilishga urinmoqda.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi Avstriyaning yangi hukumati dasturiga norozilik bildirgandi. Dasturda Vena Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.
Bryussel va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin yomonlashgan. Yevropa Ittifoqi to‘ntaruv bilan bog‘liq ommaviy hibsga olishlar, Anqara ko‘rgan boshqa choralarni tanqid qilib, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichiga o‘tishni to‘xtatgan.
Ayniqsa Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshilik qilayotgan Avstriya va Germaniya bilan munosabatlar keskinlashib ketgan.
Mavzuga oid
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026