Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Eronga uran yetkazib berishni to‘xtatdi
Foto: Kapital.kz
Qozog‘istonning «Kazatomprom» kompaniyasi Eronga uran yetkazib berishni jahondagi olti qudratli davlat – Tehron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy bitim ishtirokchilaridan ruxsat olinmagunga qadar to‘xtatdi. Bu haqda xorijiy OAV xabar berdi.
Ushbu bitim Tehron tomonidan yadroviy faoliyatni cheklash, buning evaziga esa sanksiyalar yengillashtirilishini nazarda tutadi.
Britaniyaning New Europe yangiliklar sayti xabariga ko‘ra, «Kazatomprom» raisi Galimjan Pirmatov Ostonada tashkil etilgan brifingda Eronga uran konsentratini yetkazib berish olti davlat – yadroviy bitim ishtirokchilari: Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Qo‘shma Shtatlar va Germaniya tomonidan ruxsat berilsagina amalga oshishini ma'lum qildi.
Eronning Qozog‘istondan 950 tonna uran konsentratini xarid qilishga mo‘ljallangan shartnoma 2016 yilning aprelida imzolangan. Bu bitimga ko‘ra, yetkazib berish ishlari joriy yilga mo‘ljallangandi, biroq manfaatdor tomonlar ruxsatini olish cho‘zilib ketgani tufayli ortga surildi.
Eronning Financial Tribune yangiliklar saytiga ko‘ra, «Kazatomprom» shartnomaning amal qilish muddatini 2020 yilga qadar uzaytirdi, olti mamlakatdan ruxsat olingan holda yetkazib berish ishlari esa 2018 yildan 2020 yilga qadar bo‘lgan davrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
11:06 / 12.02.2026
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
16:17 / 11.02.2026
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
09:21 / 11.02.2026