Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Eronning sanoat, konlar va savdo vaziri o‘rinbosari Mo‘jtab Xusrovtoj boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston tashqi savdo vazirligiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari hamda transport va tranzit yuk tashishlar sohasidagi o‘zaro harakatlarni kengaytirish muhokama qilindi.
Muzokaralar vaqtida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, bu sohadagi me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash, transport va tranzit yuk tashishlar sohasida kelgusi hamkorlikni muhokama qilishgan.
Ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tashkillashtirish masalasini hal qilishga kelishib oldilar. Komissiya yig‘ilishi 2018 yilning birinchi yarmida Tehronda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026
AQSh–Eron sulhi: kim nimaga erishdi?
09:45 / 22.06.2026
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28 / 22.06.2026