Vositaçi davlatlar – Qatar va Pokiston qöşma bayonotida aytilişiça, AQŞ va Eron 60 kun içida yakuniy kelişuvga erişiş böyiça «yöl xaritasi»ga kelişib olgan. Texnik muzokaralar esa hafta oxirigaça davom etadi.

Şveytsariyada AQŞ va Eronning yuqori martabali rasmiylari örtasidagi muzokaralarning birinçi raundi 22 iyun kuni tongda yakunlandi. Muzokaralar boşlanişidagi keskinlikka — Tehronning Hörmuz böğozini yana yopganini e’lon qilişi va AQŞ prezidentining Eronga nisbatan hujumlarni qayta tiklaş haqidagi tahdidlari sabab böldi.

AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens yakşanba kuni Eron rasmiylari bilan muzokaralarni boşlagan edi. Uşbu muzokaralar ötgan haftada erişilgan özaro anglaşuv memorandumi şartlariga muvofiq ötkazildi. Reutersʼning yozişiça, muhokamalar duşanba kuni tonggaça davom etgan.

Vositaçi davlatlar – Qatar va Pokiston qöşma bayonotida aytilişiça, AQŞ va Eron 60 kun içida yakuniy kelişuvga erişiş böyiça «yöl xaritasi»ga kelişib olgan. Qatar Taşqi işlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotga köra, texnik muzokaralar haftaning oxirigaça Şveytsariyaning toğli Byurgenştok kurortida davom etadi. Uşbu kurort Qatarga tegişli.

HLYSRMsWQAA5npq

Bayonotda qayd etilişiça, tomonlar Livandagi harbiy harakatlarga çek qöyiş mexanizmiga kelişib olgan. Şuningdek, Hörmuz böğozi orqali tijorat kemalarining xavfsiz ötişini ta’minlaş maqsadida köngilsiz hodisalar va tuşunmovçiliklarning oldini oliş uçun «aloqa liniyasi» taşkil etilgan.

AQŞ diplomatining BBC'ga aytişiça, muhokamalar yadroviy kelişuvning «elementlari»ga ham qaratilgan. Şuningdek, u Şveytsariyaning Lyutsern şahrida uçraşgan har ikki delegatsiya bugungi işni kelgusida davom etadigan texnik muzokaralar uçun boşlanğiç nuqta sifatida körayotganini bildirdi.

2026-06-22 09.15.32