Jahon | 17:50 / 26.12.2017
6712
1 daqiqa o‘qiladi

285 mln dollar. AQSh BMT byudjyetiga to‘lovlarini kamaytiradi

Foto: AP

AQSh hukumati BMT byudjyetiga o‘z badal pullari 2018-2019 yillarda 285 mln dollarga qisqartirilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

AQShning BMTdagi vakili Nikki Heylining so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning «samarasiz ekani va juda katta xarajatlari» haqida yaxshi ma'lum, hamda u «Amerika xalqi saxiyligini suiiste'mol qilishlariga» yo‘l qo‘ymaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika tomoni moliyalashtirish bo‘yicha natijalardan qoniqmoqda, biroq «BMT samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashda davom etadi, shu bilan birga, o‘z manfaatlarini himoya qiladi».

News.am ma'lumotlariga qaraganda, BMT byudjyeti kelasi ikki yilda qariyb 5,4 mlrd dollarni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid