Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiya ichki ishlar vazirligi vakolatxonasi ochildi
O‘zbekistonda migratsiya sohasidagi kelishuvni amalga oshirish doirasida Rossiya ichki ishlar vazirligi vakolatxonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov ma'lum qildi.
“Kuni-kecha Rossiya ichki ishlar vazirligining Toshkentda vakolatxonasi ochildi. Bu hamkorligimizni amalga oshirishdagi muhim qadamdir. Umid qilamizki, bizning vakolatxonamiz ham yaqin orada Rossiyada ochiladi”, deb aytgan Muhitdinov O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Rostrud delegatsiyasi bilan uchrashuvda.
O‘zbekiston tomondan kelishuv doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Ichki ishlar vazirligi mas'ul organlar etib belgilangan.
21 dekabrda Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarining tartibli qabuli va jalb etilishi haqidagi kelishuv kuchga kirdi. Hujjat o‘zbekistonliklarning Rossiyada manzilli ish bilan ta'minlanishiga qaratilgan.
Rossiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi o‘zbekistonliklar jami muhojirlarning 10 foizini, ya'ni bir millionga yaqinni tashkil qiladi. Ularga Rossiyada berilgan mehnat patentlarining taxminan yarmi (765,8 ming) to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026