22:37 / 27.12.2017
11354

2017 yilda milliarderlar 1 trillion dollarga boyidilar – Bloomberg

2017 yilda dunyodagi milliarderlar deryali 1 trillion dollarga boyidilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi o‘zining 500 nafar eng boy odamlar reytingidagi ma'lumotlar asosida ma'lum qildi.  

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, bu ro‘yxatdagi 440 milliarderning umumiy boyligi 1,05 trln dollargacha oshgan. Reytingdagi 58 milliarderning boyligi esa 46 mlrd dollarga kamayib ketgan. 

Ro‘yxatda keltirilgan eng boy odamlarning umumiy boyligi 2016 yil 27 dekabriga nisbatan 23 foizga oshgan. 

Ro‘yxatda keltirilgan 159 nafar amerikalik milliarderning umumiy boyligi 18 foizga oshib, 2 trln dollarni tashkil qildi. Xitoyning 38 nafar eng boy odamining umumiy boyligi 65 foizga yoki 177 mlrd dollarga oshgan. Xitoyda boy odamlarning davlati oshishi sur'atlari dunyoda eng yuqori bo‘ldi. 

27 nafar rossiyalik milliarderning umumiy boyligi 28 mlrd dollarga oshib, 275 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Bloomberg talqiniga ko‘ra, sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini amerikalik tadbirkor, Amazon internet-riteyleri rahbari Jyeff Bezos egallamoqda. Uning boyligi 99,6 mlrd dollarga baholanmoqda va ko‘rinishicha yaqin orada u boyligi 100 mlrd dollardan oshadigan ilk odam bo‘ladi. Bezosning boyligi bir yil ichida 34,2 mlrd dollarga ko‘paygan va bu unga Microsoft asoschilaridan biri, ko‘p yillar davomida dunyoning eng boy odami bo‘lib  kelgan Bill Geytsni 2-o‘ringa tushirishga imkon bergan. Hozirda Geytsning boyligi 91,3 mlrd dollarni, bir yil davomidagi o‘sish 8,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.  

Bloomberg reytingiga ko‘ra, hozirda eng boy xitoylik umumiy ro‘yxatda 26-o‘rinni egallayotgan, Evergrande developerlik kompaniyasi boshqaruv raisi Syuy Tszyain hisoblanadi. Uning boyligi 33,3 mlrd dollarga baholangan va o‘tgan bir yil ichida 22,.7 mlrd dollarga yoki 350 foizga ko‘paygan. 

Mavzuga oid
Top