Dunyo böylab eng boy odamlar ofşorlar va deklaratsiya qilinmagan hisobraqamlarda taxminan 3,55 trln dollar mablağni soliqdan yaşirmoqda. Bu haqda xayriya taşkilotlari birlaşmasi Oxfam 2 aprel, payşanba kuni — “Panama hujjatlari” e’lon qilinganining 10 yilligi arafasida ma’lum qildi. Oxfam press-relizida aytilişiça, uşbu summa Fransiyaning 2024 yildagi yalpi içki mahsulotidan (3,16 trln dollar) yuqori hamda dunyodagi eng kam rivojlangan 44 davlatning jami YaIMdan ikki barobardan ham köproqdir.
Dunyodagi eng boy odamlarning 0,1 foizi hissasiga ofşorlarda saqlanayotgan barça pullarning taxminan 80 foizi — 2,84 trln dollar töğri keladi. Oxfam ma’lumotlariga köra, bu summa insoniyatning eng kambağal yarmini, ya’ni 4,1 milliard kişinikidan ortiq kapitalni taşkil etadi. Şu bilan birga, eng boy 0,01 foiz odamlar qölida 1,77 trln dollar saqlanmoqda.
Soliqdan böyin tovlaşga qarşi kuraş çorasi sifatida Oxfam dunyodagi eng boy 1 foiz odamlar uçun soliqlarni oşiriş va öta boylarga soliq joriy etişni taklif qilmoqda. Boşqa taşabbuslar qatorida ofşorlarni tugatiş va moliyaviy şaffoflikni kuçaytiriş uçun xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş ham bor.
Oxfam bahosiga köra, “Panama hujjatlari” 2016 yil 3 aprel kuni e’lon qilinganidan beri ofşor aktivlar hajmi 2023 yilda 13,25 trln dollarga yetgan — bu öşa paytda jahon yalpi içki mahsulotining qariyb 12,5 foiziga teng edi. Şu bilan birga, taşkilot ta’kidlaşiça, soliq solinmaydigan ofşor aktivlar uluşi sezilarli darajada qisqargan va jahon YaIMning 3–4 foizi darajasida barqarorlaşgan.
Masalan, Jahon banki 2024 yilda jahon yalpi içki mahsulotini 110,8 trln dollar deb baholagan. Oxfam press-relizida keltirilgan, umuman soliq solinmaydigan 3,55 trln dollarlik ofşor mablağlar şu summaning taxminan 3,2 foizini taşkil etadi.
Taşkilot qayd etişiça, soliq solinmaydigan ofşor mablağlar uluşining kamayişiga 2016–2017 yillarda Soliq axborotini avtomatik almaşiş tizimi (AEOI) işga tuşirilgani yordam bergan. 2025 yil mart oyiga kelib, AEOI hisobot standartiga 126 davlat va yurisdiksiya qöşilgan.

















