Ba'zi birovlar pul bilan bitmaydigan iş yöq deb hisoblaşadi. Har qanday masalani pora evaziga hal qilmoqçi bölişadi. Odatda bunday kimsalar moddiy manfaatdorlik ta'minlansa, qonunga xilof işlarni ham bajariş mumkin, deb öylaşadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Oddiy kişilar pul evaziga nimagadir erişmoqçi bölsa, buni soddalikka, göllikka yöyiş mumkindir. Ammo, davlat qonunlarini hurmat qilişi va sözsiz itoat etişi lozim bölgan rahbarlarning pora berişga urinişlarini qanday oqlaş mumkin?

Xorazm viloyatidagi tumanlarning birida hokimning birinçi örinbosari lavozimida işlagan U.Ibragimov (ism-familiyalar özgartirilgan) va tuman yer resurslari va davlat kadastr bölimi boşliği lavozimida işlagan M.Azimovlar ham öz manfaatlarini közlab, pora evaziga qonunga xilof maqsadlarini amalga oşirmoqçi bölişdi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq, sanoat korxonalari, temir yöllar va avtomobil yöllari, aloqa va elektr ötkaziş liniyalari, magistral quvurlar quriş uçun, şuningdek, qişloq xöjaligi bilan boğliq bölmagan boşqa ehtiyojlar uçun qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar yoki qişloq xöjaligi uçun yaroqsiz bölgan yoxud sifat darajasi past yerlari berilişi lozim.

Şu kodeksga muvofiq, tuman hokimining 2016 yil 2 apreldagi qarori asosida 2017 yilda tuman hududidagi 60 ball bonitetli konturda namunaviy loyihalar asosida turar joylar qurilişi belgilanadi. Tuman hokimining birinçi örinbosari va davlat kadastr bölimi boşliği özaro maslahatlaşgan holda bu turar joylarni tuman markazlariga yaqin bölgan “Hazorasp” magistrali böyidagi 55 ball bonitetli konturlarga köçirişni reja qilişadi. Boisi, bu işdan özlari köproq manfaatdor bölar edilar-da. Ammo, bunga öz-özidan erişib bölmasligi aniq. Buning uçun avvalo konturlarning ball bonitetini past qilib körsatib beradigan mutaxassis kerak. Bu mutaxassis respublikadagi mutasaddi idora xodimi bölişi lozim. Şu tariqa ular ana şunday xodimni izlaşga kirişdilar.

Ikkovlon özlariga avvaldan taniş bölgan Toşkent şahrida yaşovçi Ş.Avezovga murojaat qilişdi. Tayyor oşdan kim böyin tortardi. Bu şaxs 4 ming AQŞ dollari evaziga bu işni bitkazib berişga va'da qiladi. Ikki mutasaddi öylanib, qarz-havola qilib pulni topişdi va Ş.Avezovga yetkazib berişdi. Ş.Avezov “Ana, mana” qilib yurdi-yu, keyin qönğiroqlarga ham javob bermay qöydi. Endi U.Ibragimov va M.Azimov boşqa odam izlay boşlaşdi. Toşkent şahrida yaşovçi bir odam M.Azimovga bu işni 8 ming AQŞ dollari evaziga bitkazib berişini aytdi. Birinçi örinbosar unga 4 ming AQŞ dollari topib berdi. Qolgan pulni Ş.Avezovdan qaytarib olib, yangi vositaçiga berişni topşirdi. Ammo, Ş.Avezov 2500 AQŞ dollari qaytarib berdi. M.Azimov bularni qöşib, vositaçiga qöş qöllab topşirdi. Lekin maqsadlariga yetolmadilar. Pul evaziga davlat xodimini jinoyatga yetaklamoqçi bölgan bu kimsalarning “yurişi”ga şu yerda nuqta qöyildi. Pora evaziga davlat manfaatlariga zarar yetkazmoqçi bölgan bu kimsalar oqibatda sudning qora kursisiga ötirişdi. Egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Sudning hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlanib, U.Ibragimov va M.Azimovga nisbatan tegişli qonuniy çoralar körildi.