Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul Rossiya TIVning Afg‘onistondagi IShID jangarilari haqidagi ma'lumotini rad etdi
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiysi Zamir Kobulov ushbu mamlakatda ayni vaqtda IShIDning 10 ming jangarisi joylashgani haqida bergan ma'lumotini qat'iyan rad etdi.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Davlat Vaziriy jahon hamjamiyati uchun, jumladan, Rossiya uchun ma'lumot sifatida ayni vaqtda mamlakatdagi IShID jangarilari soni bir necha yuz nafardan oshmasligini aytib o‘tgan.
«Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni minglar bilan emas, yuzlar bilan hisoblanadi. Ehtimol, boshida ularning soni 6-7 ming atrofida bo‘lgandir. O‘tgan vaqt ichida mingdan ortiq jangari harbiy harakatlar vaqtida o‘ldirildi, yana ko‘p kishi jarohatlandi yoki asirga tushdi. Zamir Kobulovning ma'lumoti shunchaki uning shaxsiy ma'lumoti», deyilgan vazirlik bayonotida.
Oxirgi kunlarda rus matbuotida Rossiya prezidentining maxsus vakili, TIVning Osiyo masalalari bo‘yicha departamentining ikkinchi direktori Zamir Kobulovga asoslangan holda Afg‘onistondagi jangarilar soni Suriya va Iroqdan qochgan jangarilar hisobiga 10 ming kishiga yetgani haqida xabarlar tarqatgandi.
Kobulov jangarilarning asosiy otryadlari mamlakat shimolida, Turkmaniston va Tojikiston bilan chegara hududida joylashgani haqida qo‘shimcha qildi.
«Bizni ayniqsa, Juzjon va Saripul xavotirlantirmoqda. Bu yerda Jazoir va Fransiya fuqarolarini uchratishgan. IShID o‘z oldiga Afg‘onistonni tayanch markaz qilib, atrofdagi hududlarga ta'sirini yoyishni maqsad qilgan. Bu Markaziy Osiyo va Rossiyaning janubiy hududlariga jiddiy xavf tug‘diradi», deya Kabulovning so‘zlarini keltirgandi nashrlar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston havo kengliklarida jangarilarni va qurol-yarog‘ tashib o‘tilgani izlari payqalgan.
Bundan avvalroq, ushbu yuqori martabali amaldor Tojikiston chegaralari yaqinida ko‘p miqdorda jangarilar to‘plangani haqida aytgandi. Ammo Tojikiston hukumati u vaziyatni bo‘rttirib yuborayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026