Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Germaniya faxriy konsuli o‘lik holda topildi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Atirau shahrida Germaniyaning Qozog‘iston Respublikasidagi G‘arbiy Qozog‘iston bo‘yicha faxriy konsuli Peter Kriger vafot etdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Konsulning tanishi bo‘lgan Aynagul Temirtasheva ma'lumotiga ko‘ra, 54 yoshli Peter Kriger so‘nggi vaqtlarda Atirauda ishlagan hamda yashab kelgan.
"Bu barcha uchun juda og‘ir yo‘qotish. Biz uning yaqinlari va do‘stlarining telefon raqamlarini bilmaymiz! Bu haqda ma'lumotga ega bo‘lgan barchani ularga ushbu qayg‘uli xabarni yetkazishlarini so‘raymiz", - deya murojaat qilgan qiz Atirau aholisiga.
Atirau oblasti Ichki ishlar departamenti ma'lumotiga ko‘ra, marhumning jasadi kecha, 26 dekabr kuni, u ijaraga olgan kvartiradan topilgan.
"Ayni damda qator ekspertizalar belgilandi, ularning natijalariga ko‘ra, Germaniya konsulining o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlanadi", - deya xabar berishgan IIDdan.
Mavzuga oid
15:22
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
14:16
Tramp tahdidlari fonida nemis harbiylari Grenlandiyani tark etdi
10:20
Trampning 10 foizlik boj tahdidi: Berlindan keskin bayonotlar
20:15 / 18.01.2026