Jahon | 00:10 / 28.12.2017
16039
2 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi ko‘rgazmada 2 million dollarlik fors gilami namoyishga qo‘yildi

Foto: meinkuwait.com

8 mln dirhamga (2,1 mln dollar) baholangan fors gilami 26 dekabrda Dubayning Jahon savdo markazida ochilgan Carpet and Art Oasis ko‘rgazmasining bosh eksponatlaridan biri bo‘ldi. Ko‘rgazma 15 yanvargacha davom etadi.

Ushbu fors gilami 150 yillik tarixga ega bo‘lib, fors sulolalaridan birining buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan. U yuqori sifatli yungdan tayyorlangan va o‘z turidagi yagona gilam hisoblanadi.

Dubay bojxonasi tomondan tashkillashtirilgan ko‘rgazmada 200 mingdan ko‘proq noyob va nafis gilamlar namoyishga qo‘yilgan. Ulardan ba'zilari 24 karatli oltin bilan bezalgan.  

“Bu gilam ko‘rgazmaning xazinalaridan biridir. Gilam insoniyat tarixini jonzotlar tili bilan so‘zlaydi. Unda do‘stlik, ochko‘zlik, rashk, ezgulik kabi insonning barcha jihatlarini ko‘rish mumkin. Gilamdagi har bir surat biror tarixni so‘zlaydi”, deb aytdi ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri. 

Dubay bojxonasi direktori Ahmad Mahbub Musabihning aytishicha, ko‘rgazmaga qo‘yilgan barcha gilamlarning umumiy qiymati 2 mlrd dirhamni (544 mln dollarni) tashkil qiladi. Uning aytishicha, bugungi kunda gilamlar o‘zidan nafaqat kolleksiya qilinuvchi qimmatbaho buyumlarni, balki sarmoya shaklini aks ettiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid