11:15 / 28.12.2017
14242

Xitoy taqiqlarga qaramasdan Shimoliy Koreyaga neft sotmoqda – OAV

Foto: Bill Hayton

Xitoy kemalari Shimoliy Koreya tankerlariga shundoq dengizda neft sotmoqda. Bu haqda “Choson Ilbo” nashri AQSh sun'iy yo‘ldoshlaridan olingan suratlarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.     

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, koinotdan olingan suratlarda Xitoy tankerlari Shimoliy Koreya kemalariga neft quyishayotgani tasvirlangan. Shimoliy Koreyaga dengizda neft sotish BMT xavfsizlik kengashining sentabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga ko‘ra taqiqlangan.

“Biz noqonuniy neft savdosi sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga neft mahsulotlari importini qat'iy cheklaganidan keyin boshlanganiga e'tibor qaratishimiz lozim”, deb ma'lum qilgan nashrga hukumatdagi manba.

Shimoliy Koreya 3 sentabrda qit'alararo ballistik raketalarga mo‘ljallangan vodorod jangovar kallagini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgan. 

Shu sababli BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar kiritgan. Bu sanksiyalar Pxenyanning eksport-import imkoniyatlarini ancha cheklaydi.

Mavzuga oid
Top