Jahon | 08:39 / 28.12.2017
9383
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston parlamenti spikeri O‘zbekistonni strategik sherik deb atadi

Foto: Ca-news

Qozog‘iston Senati raisi Qosim-Jomart Tokayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisining o‘rinbosari Boriy Alixonovni qabul qildi. Bu haqda Qozog‘iston parlamenti palatasining matbuot xizmati xabar bergan.

Senat spikeri sentabr oyida Toshkent va Samarqandga tashrif buyurgan Qozog‘iston parlamentining delegatsiyasi iliq kutib olingani uchun minnatdorlik bildirdi. Q.Tokayevning ta'kidlashicha, tashrif parlamentlararo muloqotni kuchaytirish va o‘zaro aloqalarning barcha sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida samarali bo‘ldi.

Senat raisi O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning muhim strategik sherigi deb atadi hamda prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevning mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini alohida qayd etdi. «Markaziy Osiyo mintaqasining muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishi, barqarorligi va xavfsizligi ko‘p jihatdan Qozog‘iston va O‘zbekistonning yaqin hamkorligi hamda o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlariga bog‘liq», - dedi Q.Tokayev.

O‘z navbatida, B. Alixonov turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlar rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, parlamentlar ikki davlat rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid