Samarqand viloyatida uchta yo‘l-patrul xizmati postlari bartaraf etilmoqda - fotolar
Samarqand viloyati, Oqdaryo tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi «Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi» avtomagistralining 36-kilometrida joylashgan «Loyish» muntazam yo‘l-patrul maskani bartaraf etilmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ning Samarqand viloyatidagi muxbiri Sh.Shokirjonov viloyat IIB YHX boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Shuningdek, «Almati – Toshkent – Termiz» yo‘nalishidagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand shahri hududidan utuvchi 1081-kilometrida joylashgan «Shtab» YPX maskani ham tugatilmoqda.
Mahalliy ahamiyatdagi, «Samarqand – Juma – Kattaqo‘rg‘on» yo‘nalishidagi 4R-46 avtomobil yo‘lining Past Darg‘om tuman hududidan o‘tuvchi 9-kilometrida joylashgan «Charxin» YPX maskani ham olib tashlanadigan bo‘ldi.
Ushbu muntazam YPX maskanlarining faoliyati viloyatda tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib, ularning faoliyati to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham katta salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini tanqid qilgan edi.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat hududidagi 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:18 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024