Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgdagi do‘konlardan birida portlash sodir bo‘ldi
Sankt-Peterburgda 27 dekabr kechki vaqt Kondratev ko‘chasidagi “Peryokrestok” do‘konida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 10 kishi jarohat oldi, ulardan birining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda, qolganlar yengil va o‘rta darajada jarohatlar olganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashga kuchliligi 200 gramm trotil moddasiga teng bo‘lgan va jarohatlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan bir necha kishining hayotiga suiqasd qilishga urinish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bomba supermarketning buyumlarni saqlash kamerasida harakatga kelgan. Voqea joyida tergov qo‘mitasi, Federal xavfsizlik xizmati va ichki ishlar vazirligi xodimlari ish olib borishmoqda.
Shuningdek, portlashni sodir etishda gumonlanayotgan shaxsning videosi paydo bo‘ldi. Kuzatuv kameralaridan olingan kadrlarda yelkasiga och rangdagi ryukzak osib olgan erkak do‘konga kirib kelganini, ryukzagini saqlash kamerasida qoldirib, savdo zaliga kirib ketganini ko‘rish mumkin. U ichkarida 1,5 daqiqacha bo‘lib, so‘ngra do‘kondan sumkasini olmay chiqib ketgan, Kalinin maydonini kesib o‘tib, so‘ngra ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
“Fontanka” sayti ma'lumotlariga ko‘ra, erkak do‘kon oldiga soat 18:15da marshrutkada kelgan. Guvohlarning aytishicha, portlash soat 18:45larda yuz bergan.
Tergovga Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi boshchilik qilmoqda, biroq terakt versiyasi hozircha tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026